Kecha tv.dan Ergash Karimovning xotirasiga bag'ishlangan ko'rsatuvni tomosha qildim. Ko'rsatuvda mening e'tiborimni tortgan narsa shu bo'ldiki Ergash akaning ham umr yo'ldoshi va ham sahnadagi yo'ldoshi Roza Karimovani ko'rsatishganda titrda uning ism-sharifini yozib ostiga "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" deb yozishdi. "Xo'sh, nima bo'pti shunaqa yozishgan bo'lishsa" deysizmi? Yo'q, hech narsa bo'lmadi. Faqat u yozuvni ko'rib men hayron bo'ldim. Kechagina tuxumdan chiqib shataloq otib kuylab yurgan qandaydir bir xonandaga bir-ikkita vatan haqidagi qo'shiqni majburlab aytdirib keyin unga oldiniga "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvonini berib, orqasidan esa orasini sovutmay "O'zbekiston xalq artisti" unvoni berayotgan janoblarning aqllari Roza Karimovaga kelganda ishlamagan ekan shekilli. Bu gaplarimni o'qib "Roza Karomova nega xalq artisti unvonini olishi kerak ekan" deb hayraon qolayapsizmi?
Gapni uzoqday boshlay. Mana hozir o'zingiz ko'rib turibsiz; jamiyatimiz aynib bo'lgan. Odamlarda insof, iymon, vijdon tugab ketayapti. Ayniqsa jamiyatimizda poraxo'rlik illati rosa ham avj olgan. Mas'ul shaxslarda mas'uliyat degan narsa qolmagan. Bu illatlarga qarshi kurash judayam og'ir ketmoqda. Joylardagi ayrim mas'ullar Prezidentimizning jon kuydirib gapirayotgan gaplarini pisand qilmayaptilar. Ularning mas'uliyatsizliklarini tanqid qilib yozgan jurnalistlar ba'zi holatlarda turli tayziqqa uchramoqdalar. Qisqasi mas'uliyatsiz mas'ullarga qarshi kurashish, ularni tarbiyalash oson bo'lmayapti.
Roza Karimovaning xalqning oldidagi xizmatining ulkanligi shunda ediki u marhum eri Ergash Karimov bilan birga qariyb 50 yil biz bugungi kunda tarbiyalay olmayotganimiz mas'uliyatsiz mas'ullarga qarshi turli kontsert dasturlarida, tv.orqali berilgan turli intermediyalar orqali, qolaversa Televizion minatyuralar teatri orqali kurashdi. Ha, ha shunday. Biz jamiyatimiz pokligi, yurtimiz ravnaqi uchun ayrim kaslarga qarshi qalam orqali kurashayotgan bo'lsak ular o'z ijodlari bilan kurashgan edilar. Ular doimo o'z chiqishlarida jamiyatimizdagi turli illatlarni va mas'uliyatsiz mas'ullarning basharasini ochib tashlashga harakat qildilar. Ana shu jihatdan ham Roza opa Xalq artisti unvoniga loyiq edilar. Loyiq bo'lganda ham allaqachon loyiq edilar. Ammo....
Ammo, ming afsuski allaqanday xonandalar kechagina tuxumdan chiqib, bir dumalab Xalq artisti bo'lib yurganlarida Poza opaning "Ozbekiston xalq artisti" bo'lmaganlari ajablanarli holatdir. Chunki Roza opa bu unvonga yetadigan va undan oshib ketadigan xizmatni oshig'i bilan shu xalq uchun, shu vatan uchun qilib qo'yganlar.
Shu jihatdan olib qarasak opaga allaqchonlar Xalq Artisti unvoni berilishi kerak edi. Ammo haliyam kech emas. To'g'ri, Xalq artisti unvoni berilishi hexh narsani anglatmas yoki opa shu unvonga zor ham emas. Ammo har bir ishning yoki kishining etarli darajada rag'batlantirilishi maqsadga muvofiq ish bo'lar edi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий